Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola.
Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.Joriy yilning 4-fevral kuni tumandagi Oqtosh QFY O'ray qishlog'ida yashovchi Norqo'ziyevlar xonodonida kitoblar targ'iboti bo'lib o'tdi.Ushbu targ‘ibot tadbirida AKM mutaxassisi tomonidan bolalar uchun ensiklopediyalar,rasmli ertak kitoblar targ‘ib qilindi.