📚 Kitobxonlik soati bo‘lib o‘tdi
📚 Kitobxonlik soati bo‘lib o‘tdi
2026-yil 29-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda Kelajak markazi hamkorligida navbatdagi “Kitobxonlik soati” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida Javlon Jovliyevning “Qo’rqma”, Said Ahmadning Ufq,Jorj Oruellning “1984” asarlari asosida qiziqarli va mazmunli muhokamalar olib borildi.
Belgilangan reja asosida ushbu asarlarning mazmun-mohiyati va g‘oyaviy ahamiyatini Kelajak markazi xodimlari Murodov Doston, Mirsaidova Sevdo hamda Shukrullayeva Moxlaroyim atroflicha yoritib berdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar o‘rtasida natijalar e’lon qilinib:
1-o‘rin — Shukrullayeva Moxlaroyim
2-o‘rin — Murodov Doston
3-o‘rin — Mirsaidova Sevdo
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi bunday hamkorlikdagi tadbirlar orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali tafakkurni boyitish va kitobga bo‘lgan mehrni oshirishni davom ettiradi.