Kitobxonlik targ'iboti.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman markazidan ancha olisda joylashgan mahallalarda, maktablarda kitobxonlik targ'ibotlari o'tkazib kelinmoqda.Jumladan joriy yilning 30-aprel kuni tumandagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibotda Baxmal AKM mutaxassislari tomonidan maktab o'quvchilariga Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondi,kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.Maktab o'quvchi va o'qituvchilaridan 27 nafari kutubxonaga yangi a'zo bo'lishdi.