Kitobxonlik targ'iboti.
Bugun 12-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish,kutubxonaga jalb etish va kitobxonlik darajasini yanada oshirish,oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tumandagi Do'stlik MFY hududidagi "Baxmal o'quv markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida kitobxonlik targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibot tadbirida Baxmal tuman AKM mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining odamga foydali tomonlari, AKM da kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.Targ'ibot davomida o'n besh nafar yoshlar kutubxonaga yangi a'zo bo'lishdi.