Kitobxonlik targ'iboti o'tkazildi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish,kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida kutubxonaga yaqin bo'lgan mahallalarda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.Joriy yilning 5-iyun kuni tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan "Baxmal" o'quv markazida "Siz o'qigan kitob " mavzusida kitobxonlik targ'iboti o'tkazildi.Targ'ibotda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazidagi kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi hamda AKM ga kelgan yangi adabiyotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.O'quvchilar bilan suhbatda bo'lgan AKM mutaxassislari o'quvchilarning oxirigi o'qigan kitoblari haqida hamda qanday kitoblar o'qish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.Targ'ibot davomida 18 nafar o'quvchi Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga yangi a'zo bo'lib qo'shildi.