KO‘CHMA KUTUBXONAGA USLUBIY YORDAM KO‘RSATILDI
KO‘CHMA KUTUBXONAGA USLUBIY YORDAM KO‘RSATILDI
8-sentabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Fidokor mahallasida joylashgan 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Tashrif davomida ko‘chma kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondini mazmunan boyitish, kitoblarni tartibli joylashtirish va o‘quvchilarga kitobxonlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qishga jalb etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Bunday ko‘chma kutubxonalar orqali kitob va kitobxon o‘rtasidagi masofani yanada qisqartirish, ayniqsa, yosh avlod qalbida kitobga mehr va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga xizmat qilmoqda.