Ko‘chma kutubxonaga yangi adabiyotlar yetkazildi
Ko‘chma kutubxonaga yangi adabiyotlar yetkazildi
📚Joriy yilning 26-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Doʻstlik mahallasida faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Ushbu tashabbus aholi, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, ularga ma’naviy va ma’rifiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.
💫Ko‘chma kutubxonaga yetkazilgan adabiyotlar turli yo‘nalishdagi – badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar bilan boyitildi. Endilikda Do‘stlik mahallasi aholisining kitob o‘qish imkoniyati yanada kengayib, kitobxonlik madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shiladi.
💫Axborot-kutubxona markazi kelgusida ham ko‘chma kutubxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholiga yanada qulay kitobxonlik sharoitlarini yaratish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.