"Kompyuter savodxonligi".
Joriy yilning 30-avgust kuni Baxmal tuman Axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Jizzax viloyati Axborot -kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida mahorat darsi o'tkazildi.Ushbu mahorat darsida kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari haqida umumiy tushuncha ,internet tarmog'idan foydalanish qoidalari,skaner va printer qurilmasini ishlatish va Microsoft Word dasturida ishlash bo'yicha ma'lumotlar berildi.