Kompyuter savodxonligi

2024-yil 1-noyabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi Axborot- kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan  xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida  navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Dastlab xodimlarga axborot-kutubxona markazida mavjud fondlarni raqamlashtirish to'g'risida tushunchalar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar va  internetdan to’g’ri  hamda samarali foydalanish haqida  ma'lumotlar berildi.