Kompyuter savodxonligi.

2024-yil 7-noyabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi Axborot- kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu mahorat darsida xodimlar axborot-kutubxona markazida mavjud fondlarni raqamlashtirish to'g'risida tushunchalarga ega bo'lishdi va skaner qurilmasidan amalda foydalanish usullarini o'rgandi.Shuningdek mutaxassislar tomonidan kompyuterni yoqish va o'chirish qoidalariga to'liq amal qilishlari ta'kidlandi.