“Kompyuter savodxonligi”

“Kompyuter savodxonligi” 📅 31-oktabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan AKM xodimlari uchun “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 💻 Mashg‘ulot davomida xodimlarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron hujjatlar bilan ishlash, internet resurslari orqali axborot izlash hamda raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. 🔹 Bunday o‘quv darslari AKM xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ish jarayoniga keng tatbiq etish hamda xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.