Kompyuter savodxonligi — zamon talabi!
💻 Kompyuter savodxonligi — zamon talabi!
🗓 2025-yil 17-oktabr kuni
📍 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida
📡 Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan kutubxona xodimlari uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha amaliy dars tashkil etildi.
📚 Mashg‘ulot davomida xodimlarga:
🔹 Asosiy kompyuter tushunchalari
🔹 Word va Excel dasturlaridan foydalanish
🔹 Internet va elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish
🔹 Raqamli hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari kutubxona xizmatlarini zamon talablari darajasida tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.