Kutubxona bo'ylab sayohat.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kitobxonlik darajasini oshirish maqsadida mahallalarda, turli ta'lim muassasalarida, davlat tashkilotlarida davra suhbatlari, kitob ko'rgazmalari,kitob targ'ibotlari muntazam ravishta o'tkazib kelinmoqda. Natijada ko'plab yoshlar,mahalla faollari va tashkilotlardan kutubxonaga sayohatlar tashkil etilmoqda.Joriy yilning 5-avgust kuni tumandagi mahallalarning faol ayollaridan 12 nafari kutubxonaga sayohat tashkil etishdi.Sayohat davomida Baxmal tuman AKM da kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi bilan yaqindan tanishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.