Kutubxona bo'ylab sayohat

 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kitobxonlik darajasini oshirish maqsadida mahallalarda, turli ta'lim muassasalarida, davlat tashkilotlarida davra suhbatlari, kitob ko'rgazmalari,kitob targ'ibotlari muntazam ravishta o'tkazib kelinmoqda. Natijada ko'plab yoshlar,mahalla faollari va tashkilotlardan kutubxonaga sayohatlar tashkil etilmoqda.Joriy yilning 12-noyabr  kuni tumandagi  Ixtisoslashtirilgan  maktab  o`quvchilari  kutubxonaga sayohat tashkil etishdi.Sayohat davomida Baxmal tuman AKM da kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi bilan yaqindan tanishdi.