Kutubxonaga sayohat.
✅Kutubxonaga sayohat✅
✅Joriy yilning 18-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi 81-sonli umumta'lim maktabining bir guruh o'quvchilari sayohatga kelishdi.Sayohat davomida kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Bolajonlarni ayniqsa "Ertaklar olami" javonidagi kitoblar qiziqtirib qo'ydi.Ushbu javondagi kitoblar haqida kutubxona mutaxassislari tomonidan qiziqarli ma'lumotlar berilgach o'quvchilarning kitoblarga bo'lgan qiziqishlari yanada ortib kutubxonaga azo bo'lishdi va o'zlariga yoqqan kitoblarni o'qish uchun olishdilar.