Kutubxonaga sayohat.
✅Kutubxonaga sayohat✅
✅Kitob mutolaasi insonni maʼnaviy kamolot sari yetaklaydi.Insonni har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirishdagi oʻrni beqiyosdir. Joriy yilning 28-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabning bir guruh o'quvchilari sayohatga kelishdi.Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi haqida ma'lumotlar berildi.