Kutubxonaga sayohat

Dunyoning eng nufuzli universitetlari olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi.Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlamoqda.Shunday ekan kun davomida  kitob o’qishga ham  vaqt ajrating,kutubxonalarga sayohatga boring.

  Joriy yilning 15-aprel  kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Ichki ishlar bo’limiga qarashli  Qo’riqlash xizmatining   bir guruh xodimlari sayohatga kelishdi. Sayohat davomida ular  kutubxonadan foydalanish qoidalari,  kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kutubxonadagi xizmat turlari,elektron o’quv zali va kitob fondi haqida ma'lumotlarga ega bo’lib kutubxonaga a’zo bo’lishdi.