#Kutubxonaga_sayohat
#Kutubxonaga_sayohat
Dunyoning eng nufuzli universitetlari olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi.Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlamoqda.Shunday ekan kun davomida kitob o’qishga ham vaqt ajrating,kutubxonalarga sayohatga boring.
Joriy yilning 15-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Ichki ishlar bo’limiga qarashli Qo’riqlash xizmatining bir guruh xodimlari sayohatga kelishdi. Sayohat davomida ular kutubxonadan foydalanish qoidalari, kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kutubxonadagi xizmat turlari,elektron o’quv zali va kitob fondi haqida ma'lumotlarga ega bo’lib kutubxonaga a’zo bo’lishdi.