✅ Kutubxonaga sayohat
#Kutubxonaga_sayohat
✅Bolalikning beg’ubor damlari butun umrga esda qoladi. Biz ota-onalar farzandlarimizning kelajagiga befarq bo’lmasligimiz zarur.Ularni bolaligidan to’g’ri yo’lga boshlash o’z qo’limizda. “Yoshlikda o’rgangan ilm toshga o’yilgan naqshdir” deb bejizga aytilmagan.Joriy yilning 12 avgust kuni Baxmal tuman Axborot kutubxona markaziga tumandagi 92/55 sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari farzandlari ota-onalari bilan birgalikda sayohatga kelishdi. Sayohat davomida kutubxonadan foydalanish qoidalari,kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.