#Kutubxonaga_sayohat

#Kutubxonaga_sayohat ✅Kitob o’qish insonga o’zgacha kayfiyat bag’ishlaydi.Kitob o’qiyotgan kishi asardagi voqealarni huddi kino tasmasida ko’rgandek tasavvur qiladi,asar qaxramonlari bilan birga yashaydi.Ko’p kitob o’qiydigan insonlarning dunyoqarashi keng , boshqalar oldida erkin fikrlashi bilan ajralib turadi. Joriy yilning 22-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Uzunbuloq QFY da yashovchi bir gurux aholi vakillari uy bekalari sayohatga kelishdi.Ular sayohat davomida kutubxonadagi yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi bilan yaqindan tanishdi va kutubxonaga yangi a’zo bo’lishdi.