#Kutubxonaga_sayohat
#Kutubxonaga_sayohat
✅15-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Uzunbuloq mahallasidan bir guruh o’quvchi yoshlar sayohatga kelishdi. Ularga dastlab kutubxona tarixi hamda uning faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. O‘quvchilar juda qiziqish bilan tinglashdi.
Sayohat davomida ular kutubxonaning turli bo‘limlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, bolalarga qanday qilib kitob tanlash, undan to‘g‘ri foydalanish, kitoblarni saqlash va o‘z vaqtida qaytarish haqida tushunchalar berildi.
Sayohat oxirida o‘quvchilar bilan savol-javob tarzida kichik suhbat o‘tkazildi. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishi, bilim olishga intilishi bizni quvontirdi.
Shunday tadbirlar orqali yosh avlodning kitobga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish, ularni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalash mumkin. Kelajakda ham bunday sayohatlar ko‘proq bo‘lishiga umid qilamiz.