Kutubxonaga sayohat
6-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi 54-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o’quvchi yoshlari sayohatga kelishdi. Ularga dastlab kutubxona tarixi hamda uning faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Sayohat davomida ular kutubxonaning turli bo‘limlari bilan yaqindan tanishdi.
Sayohat oxirida yoshlar bilan savol-javob tarzida kichik suhbat o‘tkazildi. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishi, bilim olishga intilishi bizni quvontirdi.
Bunday tadbirlar orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalash mumkin. Kelajakda ham bunday sayohatlar ko‘proq bo‘lishiga umid qilamiz.