Kutubxonaga_sayohat

10-oktabr kuni Baxmal tumanidagi 81-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirdilar. Ular kutubxonaning faoliyati, kitob fondi hamda elektron resurslari bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyati, bilim olishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va ularni kitob o‘qishga yanada qiziqtirdi.