Kutubxonaga sayohat
✅9-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Uzunbuloq mahallasidan bir guruh faol va izlanuvchan yoshlar kutubxonaga sayohat uyushtirdilar.
✅Sayohat davomida kutubxona xodimlari tomonidan mehmonlarga kutubxonaning tarixi, faoliyati hamda mavjud adabiyotlar fondi haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar kutubxonadagi turli bo‘limlar bilan tanishib chiqishdi, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan elektron kutubxona xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oldilar.
✅Ushbu tashrif yoshlar uchun nafaqat yangi bilimlar manbai bo‘ldi, balki ular o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kutubxonaning qanday imkoniyatlarga ega ekanini chuqurroq anglab yetdilar. Bunday tashriflar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.