Kutubxonaga Sayohat

Joriy yilning 13-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi 81-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o'quvchilari maktabning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari  ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etishdi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. O'quvchilar kutubxonaning kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.Sayohatda 20 nafar o'quvchi ishtirok etdi.