Kutubxonaga sayohat

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iboratdir. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi.Joriy yilning 26-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi 92/55 sonli harbiy qism yosh askarlari sayohatga kelishdi.Sayohat davomida askarlar kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.