Kutubxonaga sayohat.
Kitob o'qish inson miyasini charxlaydi, xotirani kuchaytiradi,fikrlash qobiliyatini oshiradi.Joriy yilning 28-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Uzunbuloq QFY hududidagi 92/55 sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari sayohatga kelishdi.Sayohat davomida kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.