Kutubxonaga sayohat.

Joriy yilning 24-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Yuksalish maktabi o'quvchilari va o'qituvchisi ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etishdi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. O'quvchilar kutubxonaning kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.Sayohatda 25 nafar o'quvchi ishtirok etdi.