📚 Kutubxonaga sayohat – bilim sari qadam!
📚 Kutubxonaga sayohat – bilim sari qadam!
✅ 20-oktabr kuni Uzunbuloq mahallasidan 3 nafar faol va izlanuvchan yosh Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
📖 Sayohat davomida kutubxona xodimlari ularga kutubxonaning tarixi, asosiy bo‘limlari hamda elektron xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Yoshlarga zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi.
🌟 Ushbu tashrif yoshlar uchun yangi bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, kutubxonaning imkoniyatlarini yaqindan anglashga sabab bo‘ldi.
📌 Kutubxona – yoshlar intellektual salohiyatining rivojlanishiga xizmat qiladi!