📚 Kutubxonaga sayohat – bilim sari qadam!

📚 Kutubxonaga sayohat – bilim sari qadam!

✅ 21-noyabr kuni tumandagi 81-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi bir guruh o’quvchilari  ustozlari ishtirokida Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga sayohatga kelishdi.

📖 Sayohat davomida kutubxona xodimlari ularga kutubxonaning tarixi, asosiy bo‘limlari hamda elektron xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. “Kitob qalb nuri”mavzusida tashkil etilgan kitoblar ko’rgazmasi esa ishtirokchilarda kutubxonaga bo’lgan qiziqishni yanada orttirdi.

🌟 Ushbu tashrif yoshlar uchun yangi bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, kutubxonaning imkoniyatlarini yaqindan anglashga sabab bo‘ldi.

📌 Kutubxona – yoshlar intellektual salohiyatining rivojlanishiga xizmat qiladi!