Kutubxonaga uslubiy yordam.

Kutubxonaga uslubiy yordam. Joriy yilning 19-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisiga kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondini yuritish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ,kitob javonlariga kitoblarni joylashtirish tartibi,kitobxon formulyarini yuritish ,kitoblarga texnik ishlov berish tartibi bo‘yicha kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.