Kutubxonaga uslubiy yordam ko'rsatildi.
Aholining kitobga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash,kitobga bo'lgan qiziqishi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi chekka hududlarda joylashgan mahallalardagi, maktablardagi kutubxonalarga uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.Joriy yilning 13-aprel kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanning Gulbuloq QFY hududidagi 74-umumiy o'rta ta'lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko'rsatildi.
