Kutubxonaga uslubiy yordam ko'rsatildi.
Joriy yilning 5-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tuman markazidan ancha olisda joylashgan 56-70-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko'rsatildi.Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi maktab kutubxonachilariga kutubxonalarda umumiy fondning aylanishi, kitob o‘qilishi, bitta foydalanuvchiga bir yil davomida o‘rtacha resurslarning berilishi, o‘rtacha bitta foydalanuvchining bir yil davomida qatnovi, hudud aholisini kutubxona xizmati bilan qamrab olinishi, kutubxona faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar,so‘rovnomalar, og‘zaki suhbatlarning o‘z vaqtida yuritilib borilishi bo‘yicha tushunchalar berdi.
