Kutubxonaga uslubiy yordam ko'rsatildi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi maktab kutubxonalariga muntazam ravishta uslubiy yordam ko'rsatilmoqda.Joriy yilning 6-dekabr kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi kutubxonasiga uslubiy yordam ko'rsatildi.Unda tadbir o'tkazishda nimalarga e'tibor berish, kitoblarning javonlardagi joylashuvi hamda kitobxon formulyarining yuritilishi to'g'risida maktab kutubxonachisiga tushunchalar berildi.