Ma’naviyat soatlari doirasida “Har bir xodimga ma’rifat ulashib” loyihasi
Ma’naviyat soatlari doirasida “Har bir xodimga ma’rifat ulashib” loyihasi
✅1-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida ma’naviyat soatlari doirasida xodimlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Har bir xodimga ma’rifat ulashib” loyihasi asosida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari o‘qiyotgan kitoblar haqida fikr almashdilar, yangi adabiyotlar tavsiya etildi hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga doir takliflar bildirildi.
📚Mazkur loyiha xodimlarni muntazam ravishda ma’rifiy kitoblar o‘qishga chorlash, ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish va jamoada o‘qish muhitini shakllantirishga xizmat qilada.