Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida muhim qadam Joriy yilning 27-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-moh
📚 Ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida muhim qadam
Joriy yilning 27-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Murojaatnomada ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatimiz taraqqiyoti, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar atroflicha tushuntirildi.
Axborot-kutubxona markazi xodimlariga Murojaatnomada belgilangan vazifalarning mazmuni yana bir bor batafsil izohlanib, ularni amalga oshirishda har bir soha vakilining mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini chuqur anglash hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazishda faol bo‘lishga xizmat qildi.