"Mahalla karvoni" tadbiri bo'lib o'tdi.
Respublika mahallalar uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 3 iyul kuni Baxmal tumani Baxmal mahallasida “Mahalla karvoni” targ‘ibot-tashviqot madaniy tadbiri o‘tkazildi.Mazkur “Mahalla karvoni” targ‘ibot-tashviqot tadbiriga tumanning faol nuroniylari, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar, tadbirkorlar va keng jamoatchilikdan iborat 10 mingdan ziyod aholisi jalb etildi.Tadbirda turli sport o‘yilari, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, kitobxonlik va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitob qalb gavhari" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Shundan so‘ng, estradamizning yorqin yulduzlari va so‘z ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar va yosh-u keksaga birdek chinakkam bayramona kayfiyat ulashdi.