"Mahallada duv-duv gap".
Joriy yilning 16-yanvar kuni Baxmal tuman 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimligi,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tegishli tashkilotlar hamkorlikda "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" nomli ma'naviy - ma'rifiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.Tadbirda kitobxonlik kechalari va rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida iste'dodli yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qo'shiqlar tadbirga ko'tarinkilik bag'ishladi.





