Mahmud az-Zamaxshariy tavalludining 950 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarimiz merosi-kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mahmud az-Zamaxshariy O‘rta Osiyolik yozuvchi, faylasuf, uning asarlaridan chuqur ma’noga ega ikkita to‘plam tashkil etilgan. Qofiyaviy nasr ko‘rinishidagi ilmiy mulohaza bo‘limi u tomonidan yozilgan va “Oltin shoda” nomini olgan. Az Zamaxshariy o‘z davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi.Uning qalamiga mantiq, grammatika, din, lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan. Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.

Joriy yilning 28-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida Mahmud az-Zamaxshariy tavalludining 950 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarimiz merosi-kelajak poydevori” mavzusida  davra suhbati tashkil etildi.Unda faylasufning hayoti va ijodi ,yozgan asarlari haqida ma’lumotlar berildi.