✅Mahmudxo‘ja Behbudiy — millat uyg‘onishining buyuk siymosi
✅Mahmudxo‘ja Behbudiy — millat uyg‘onishining buyuk siymosi
Joriy yilning 15-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan qatag‘on qurboni, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilib, unda Behbudiyning millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyati, adabiy va publitsistik merosi, shuningdek, uning ma’rifat va ozodlik g‘oyalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar buyuk mutafakkirning hayot yo‘li bilan yaqindan tanishib, savol-javoblar orqali bilimlarini mustahkamlashdi. Tadbir yoshlarni tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.