#Mahorat_darsi

#Mahorat_darsi Joriy yilning 14-noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan amaliy mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur dars Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazining 2024-yil 21-avgustdagi № 15-01-03/298-sonli xatiga asosan o‘tkazilib, uning asosiy maqsadi — TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida xodimlarga: • kompyuter va ofis dasturlaridan to‘g‘ri foydalanish, • kutubxonachilik jarayonlarini raqamlashtirish, • internet resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli nazariy va amaliy bilimlar berildi. Mazkur mahorat darsi xodimlar malakasini oshirishda, xizmat sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.