Mahorat darsi o'tkazildi

Joriy  yilning  24- oktabr  kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya  va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. O’tkazilgan  mahorat darsida  xodimlarga  hujjatlar tayyorlashda birinchi navbatda imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotganda ma'lumotlar faqat kutubxonachilik sohasiga oid bo'lganlarini joylash tavsiya etildi. Slayd va videoroliklar tayyorlashda rasm yoki matnlarni joylashtirishda e’tiborli bo’lish takidlandi.