Mahorat darsi o'tkazildi

10-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan kutubxona xodimlari uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha dars tashkil etildi. Dars davomida xodimlarga asosiy kompyuter dasturlari, internetdan samarali foydalanish, ma’lumotlarni raqamlashtirish va saqlash usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Bunday tadbirlar kutubxona xizmatlarini zamonaviylashtirishga xizmat qiladi.