#Mahorat_darsi ✅TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida xodimlarga mahorat darsi tashkil qilindi.
#Mahorat_darsi
✅Joriy yilning 19-sentabr kuni Baxmal tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot -kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida xodimlarga mahorat darsi tashkil qilindi.
✅Mazkur mahorat darsi kutubxona xodimlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Dars davomida Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint)dan amaliy foydalanish, kutubxona ishida elektron hujjatlar bilan ishlash ,axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlash to’g’risida tushunchalar berildi.