Maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 10-fevral kuni Baxmal AKM mutaxassisi tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Mavluda Sattarovaga kutubxonadagi javonlarga kitoblarni joylashtirish tartibi,kitoblarga ishlov berish,kitobxon formulyarini yuritish, kitobxonlar bilan turli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.