✅ Maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Baxmal tuman AKM raxbari va xizmat raxbarlari tumandagi 16,18,60,72 sonli umumiy o’rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachilariga kitoblarga ishlov berish,kutubxona formulyarini yuritish tartibi ,kutubxona kundaligini yuritish, kitoblarni kitob javonlariga qanday tartibda joylashtirish ,davriy nashrlar bilan ishlash to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.