"Manfaatlar to'qnashuvi"
Joriy yilning16- sentabr kuni Baxmal tuman axborot - kutubxona markazi xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 -yil 5- iyundagi "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonun asosida seminar tashkil qilindi. Seminarda kadrlar bo’yicha inspektor Yu. Norqo’ziyeva so'zga chiqib, davlat tashkilotlarida manfaatlar to’qnashuvining oldini olish haqida qisqacha ma'lumot berdi. Bunday holatlarni aniqlash va tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning huquqiy oqibatlarini aniq belgilash, davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urugchilikning oldini olishga zamin yaratilishi va har qanday vaziyatlardan to'g'ri xulosa chiqarishni aytib o’tdi.Mazkur qonunning qabul qilinishidan maqsad davlat idoralarida korrupsiyaviy omillarning kamayishiga, davlat tashkilotlarida manfaatlar toqnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.