Mazkur bayram tadbirida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Mazkur bayram tadbirida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etdi. Ko‘rgazmadan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, mustaqillik, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, tarix va ma’naviyatga oid adabiyotlar o‘rin oldi.
Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar kitoblar ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi va kutubxona faoliyatiga bildirgan iliq fikrlari barchada quvonch uyg‘otdi.
San’at va kitobni birlashtirgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi bundan buyon ham aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi.