Mehr kutubxonasi.

Joriy yilning 23-may kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining barcha qatlamlarini jumladan yoshi ulug' otaxon va onaxonlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida tumandagi Uzunbuloq QFY hududida yashovchi Turdiyeva Fazilat ona xonadonida kitoblar targ'iboti tashkil etildi.Targ'ibot davomida sakkiz nom va nusxadagi badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi.