"Men albatta kitob o'qiyman".
Hozirgi kunda fan-texnika kun sayin shiddat bilan rivojlanib bormoqda.Zamonaviy kompyuter va telefonlarning foydali taraflari ham ko'p.Ammo har bir narsaning meyori yaxshi,meyoridan oshdimi albatta u narsa zarar keltiradi.Hozirda ko'pchilik yoshlarning telefon va internetdan meyoridan ortiq foydalanishi natijasida kitob o'qishga bo'lgan qiziqishi kun sayin pasayib bormoqda.Buning oldini olishda axborot-kutubxona markazlarining roli katta ahamiyatga ega. Joriy yilning 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Tongotar MFY hududidagi 63-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Men albatta kitob o'qiyman" deb nomlangan kitoblar targ'iboti o'tkazildi. O'tkazilgan targ'ibotda 8 nomdagi bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar targ'ib qilindi va 38 nafar o'quvchilar axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishdi.
